Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

5-chi tanlov - 2019

 

 

O'zbekiston universitetlari uchun 5-tanlov doirasidagi yangi Erasmus+ oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari

 

 

Markaziy Osiyo mintaqasi uchun 15 ta yangi loyiha jumladan, O'zbekistonning OTMlari ishtirokida 5 loyiha moliyalashtirish uchun saralandi.
 
Ta'kidlash joizki, respublikaning 14 ta OTMlari, shu jumladan Toshkent shahridagi 7 ta OTM va 6 viloyatdan 7 ta OTM, 2 ta milliy loyiha (1.8 mln. yevro), Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston ishtirokida 2 ta mintaqaviy loyiha (1.8 mln. yevro), hamda Falastin va Tunis (1,9 mln. yevro) universitetlari ishtirokidagi 1 ta mintaqalararo loyihada ishtirok etadi.
 
Yangi loyihalarda 13 Yevropa mamlakatidan 18 ta universitet, shuningdek, 5 ta hamkor davlatdan 13 ta universitet ishtirok etmoqda. OO’MTV 2 ta yangi loyihaga jalb qilinadi.

Ta'kidlash joizki, Milliy rassomlik va dizayn instituti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi va Farg'ona politexnika instituti Erasmus+ loyihalarida birinchi marta ishtirok etadi.
Eng intiqib kutilgan yangiliklardan hamda  respublika oliy ta’lim muasassalarining salohiyati oshib borayotganligiga yana bir dalolat sifatida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) SPACECO loyihasining grant oluvchisi (grantholder) sifatida o’z faoliyatini olib boradi. Endilikda TATU  butun xalqaro konsortsium va loyiha byudjetini boshqarishda ishtirok etadi.
 
MechaUz: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun mextronika va robotexnikani modernizatsiya qilish /Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in
Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology
 
ERAMCA: Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob'ektlarining atrof-muhit xavfini baholash va ta'sirini kamaytirish / Environmental Impact assessment and mitigation of cultural heritage sites in central Asia
 
SPACECO: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo'yicha yangi o'quv dasturi/ New Curriculum in Space Systems and  Commumication Engeneering
 
MUSAE: Rassomlarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ko’p tarmoqli ko’nikmalar/ Multidisciplinary Skills for Artists' Entrepreneurship
 
ELBA: Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo'yicha o'quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish/ Establishment of training and research centres and Courses development on Intelligent  Big Data Analysis in CA