Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ Haftaligi - 2022

Erasmus+ Haftaligi - 2022

Erasmus+ milliy ofisi bahorgi "Erasmus+ Haftaligi" 10-14 may kunlari bo'lib o'tishini e'lon qiladi.

 
Erasmus+ Haftaligi vazifalari:
  • Erasmus+ dasturining imkoniyatlari, Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun ochiq bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Yevropa hamkor universitetida qisqa muddatli ta’lim olish, doktorantura va magistraturada to’liq ta’lim va diplom olish, OTM professor-o’qituvchilar uchun dars berish va ilmiy tadqiqot olib borish bo’yicha mavjud imkoniyatlar haqidagi to’liq ma’lumotlar berish va Erasmus Mundus dasturi bitiruvchilarining xalqaro ta’lim tajribalari bilan tanishtirish; 
  • Ma’lumot izlash, ta’lim olish uchun talabnomalarni tayyorlash va topshirish bo’yicha amaliy maslahat va tavsiyalar taqdim qilish;
  • Yevropa kunini nishonlash doirasida bir qator tadbirlar o’tkazish.
 
Barcha tadbirlar offlayn formatda tashkil etiladi. Toshkent va viloyatlardagi barcha tadbirlar barcha qiziquvchilar uchun ochiqligini alohida ta’kidlaymiz.
 
Tadbir press-relizlari UZ, RU