Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ Haftaligining tadbirlari

Erasmus+ Haftaligining tadbirlari

 10 may, 2022

O'zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan press-konferentciyada Erasmus+ dasturi va Haftaligining tadbirlari bilan tanishtirildi

 


Erasmus+ milliy ofisining Instagram sahifasida "Xalqaro Kredit Mobilligi-ICM" bo'yicha bugungi kunda tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari, doktorantlar hamda professor-oq'itivchilar malaka oshirish/dars berish imkoniyatlari hamda akademik personal ham Yevropadagi o'z hamkasblari bilan tajriba almashish kabi ma'lumotlar taqdim qilindi. Jonli efir davomida kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Jonli efirning videoyozuvi Instagramda joylashtirilgan https://www.instagram.com/tv/CdX5xrDslKq/?utm_source=ig_web_copy_link


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Erasmus+ mobilligi doirasida olingan bilimlar/Skills gained through Erasmus+ mobility" sessiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Qarshi davlat universiteti vakili va Erasmus+ Oliy ta'lim bo'yicha Ekspertlar milliy guruhi az'osi Nurbek Farmonov hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i va Erasmus+ loyihalarining koordinatori Alibek Eshev va "Xalqaro kredit mobilligi" ishtirokchilari o'z tajribalari bilan, Yevropadagi universitetlarda ta'limi jarayonida olingan bilim va ko'nikmalari, malaka oshirish tajribalari bilan bo'lishishdi.

 

11 may, 2022


Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida "Erasmus+ opportunities for institutional cooperation" sessiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Erasmus+ dasturining barcha yo'nalishlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi hamda "Oliy ta'lim salohiyatni oshirish-CBHE" loyihalarining milliy koordinatorlari va loyihalar komanda a'zolari o'z loyihalari haqidagi ma'lumotlarni hamda ilg'or tajribalari bilan bo'lsishdi. Tadbirda quyidagi loyihalar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdi va ko'plab savollarga javob berishdi:

MUSAE: Rassomlarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ko’p tarmoqli ko’nikmalar musae-project.com/ 

REILEAP: O'zbekiston va Qozog'istonda charm buyumlari ishlab chiqarishining innovatsion rivojlanishi reileap.com/ 

MECHAUZ: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun mextronika va robotexnikani modernizatsiya qilish mecha.uz/client/index.php  

 

  

O'zbekiston Milliy universitetida "Testimonials of Uzbekistan Erasmus+ CBHE project participants" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar komanda a'zolari o'z taqdimotlarida Erasmus+ loyihalarining amalga oshirilayotgan ishlari, olingan jiholzari, malaka oshirish orqali o'z salohiyatlarini oshirish, xorijiy tajriba muhimligi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirok etgan CBHE loyihalari:

 

DECIDE: Nogiron kishilarga xizmat ko'rsatishni rivojlantirish / www.decideproject.ie/about/

UNICAC: Markaziy Osiyo va Xitoyda ma'lumot almashish uchun universitetlararo hamkorlik / unicac.eu/uz/

ITEM: Matematika sohasida innovatsion ta'lim berish