Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ onlayn klaster uchrashuvi

Erasmus+ onlayn klaster uchrashuvi

2020 yil 30 aprel kuni Erasmus+ dasturi doirasida so’ngi tanlovda moliyalashtirish uchun tanlab olingan 5ta yangi loyihalar ishtirokchi oliy ta’llim muassasalar vakillari uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda onlayn klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

 
Ushbu uchrashuvda loyihalar boshlanish davrida uchraydigan masalalar, loyihalar va moliyaviy masalalarning boshqaruvi, monitoringlar olib borilishi va jihozlarning sotib olinishi kabi ma’lumotlar taqdim etildi va fikrlar almashildi. 
Uchrashuvda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Bosh xisobchisi Qurbonnazar Ortiqov va Investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig’i Ahror Mustafaevlar savol-javob jarayonida faol ishtirok etib oliy ta’lim muassasalarda Erasmus+ loyihalarida paydo bo’ladigan muammolarni ko’rib chiqish va yechimini topish uchun yordam berishlari ta’kidlandi. 
 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti grant oluvchi sifatida ilk bor “SPACECO: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo'yicha yangi o'quv dasturi” loyihasini amalga oshiradi va loyiha koordinatori Xabibullo Nosirov tomonidan Bryusselda yanvar oyida bo’lib o’tgan uchrashuv tavsiya va bilimlari bilan tanishtirib o’tdi.  
 
Tadbirda taqdim etilgan ma’ruzalar bilan tanishishingiz mumkin:
Erasmus+ loyihalarini monitoring qilish, K.Baxadirov, NEO eksperti