Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Termez OTMlari uchun Erasmus+ tadbiri

Termez OTMlari uchun Erasmus+ tadbiri

 

 
28 oktyabr kuni Termez agrotexnologiyalar va innovatsiyani rivojhlantirish institutida Erasmus+ axborot seminari bo'lib o'tdi.
Seminar davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta'lim dasturining  imkoniyatlari va 2-chi tanlovi haqidagi ma'lumotlar batafsil taqdim etildi.
Shuningdek, Termez agrotexnologiyalar va innovatsiyani rivojhlantirish institutining talabalari uchun alohida Erasmus Mundus qo'shma magisterlik dasturi bo'yicha sessiya o'tkazildi. Talabalar tomonidan ko'plab savollar va takliflar kelib tushdi.
 
29 oktyabr kuni Termez davlat universitetida amalga oshirilayotgan Erasmus+ loyihalarining komanda a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi va TRIGGER loyihasining monitoring uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda loyihaga a'zo bo'lgan barcha O'zbekiston OTM vakillari onlayn tarzda ishtirok etdi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan hamda natijalari bo'yicha taqdimotlar bilan bo'lishishdi.