Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Qarshida Erasmus+ seminari

Qarshida Erasmus+ seminari

Qarshi davlat universitetida 18-noyabr kuni Yerasmus+ milliy ofisining axborot seminari tashkillashtirildi. Seminarda so‘z olganlar Yerasmus+ dasturining ikkinchi bosqichi 2021-2027-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tanlovlar, va ularning yangi qoida-shartlari, tanlov jarayonlari, loyiha takliflarini topshirish muddatlari, maqolalar tayyorlash, dastur yangiliklari xususida batafsil ma’lumot berdilar. Ma’lumki, joriy yilning 12-17-oktabr kunlari butun dunyo bo‘ylab, “Erasmus+ haftaligi” tashkillashtirildi va mazkur kunlar davomida dasturning harakatchanlik afzalliklari va Erasmus+ loyihalari natijalarini ifodalovchi tadbirlar o‘tkazildi.
Joriy tadbirda O'zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi loyihalar menedjeri Gulshoda Karlibayeva, Erasmus+ Oliy ta'lim bo'yicha ekspertlar milliy guruhi a'zolari prof. M.Raxmatullayev va I.Vixrov, Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
 
19 noyabr kuni Qarshi davlat universitetida "Erasmus+ loyihalarini muvaffaqiyatli tayyorlash" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.
Tadbir interaktiv tarzda tashkil etildi va unda amaliy tajriba, o'rganib chiqish, berilgan masalalarni qisqa vaqt ichida ko'rib chiqish va ifodalash kabi masalalar ustida ish olib borildi.
Tadbir savollar va munozaralarga boy bo'ldi.