Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

PAWER loyihasining yakuniy tadbiri

PAWER loyihasining yakuniy tadbiri

Yevropa Ittifoqınıng Erasmus+ “PAWER: Mintaqalararo mobillikni yo’lga qo’yish hamda uning dolzarbligi, sifati va tengligıni ta’mınlash (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of access) loyihasi doirasidagi Ozarbaijonning Boku shahridagi Hazar universitetida 24-27 fevral kunlarida tashkil etilgan yakuniy konferentsiya va uchrashuvlarda respublikamizning Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Termiz davlat universiteti vakillari qatnashmoqda. Yakuniy konferentsiyada PAWER loyihasi doirasidagi bajarilgan ishlarning umumiy hısoboti va har bır hamkor universitetning loyiha ishiga qo’shgan hissasi baholanadi. PAWER loyihasi doirasida mintaqalararo mobillikni ta’minlash uchun ajratilgan fanlar bo’yicha qayta tayorlangan o’quv-uslubiy materiallar, baholash mezonlari b’'yicha hısobot taqdim etilmoqda. Yevropa Ittifoqi tomonidan loyiha yakunlangan vaqtda tashkil etiladıgan moliyaviy hujjatlar bo’yicha audit tekshiruviga tayorgarlik masalalari kelishilmoqda. Shuningdek loyihada qatnashgan hamkorlar bilan yangı goyalar asosıda yangi loyihalar boshlash masalalari keng muhokama etildi.