Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Namangan OTMlari uchun Erasmus+ tadbiri

Namangan OTMlari uchun Erasmus+ tadbiri

 

2021 yil 15 dekabr kuni Namangan Muhandislik-Texnologiya Institutida Erasmus+ milliy ofisi va Ekspertlar milliy guruhi a'zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Institut rektori Odiljon Mamatkarimov mazkur dastur doirasidagi har qanday tadbirlar, seminarlarga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Mehmonlar Erasmus+ dasturining yangi e'lon qilingan tanlovlarida institut jamoasi faol ishtirok etayotganidan minnatdor ekanliklarini bildirdi.
Seminar davomida Erasmus+ dasturi orqali loyihalarni amalga oshirish tartibi, loyihalarga qo‘yilgan talablar, ularning dolzarbligi haqida tavsiya va tushunchalar berildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, Namangan muhandislik-texnologiya instituti ham mazkur dastur doirasida 3 yilga mo‘ljallangan "TRIGGER"  loyihasini amalga oshirmoqda.