Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

MechaUZ loyihasining birinchi uchrashuvi

MechaUZ loyihasining birinchi uchrashuvi

11-13 fevral kunlari Gretsiyada yangi "MechaUz: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology/Innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O'zbekistonda bakalavr darajasi uchun mexatronika va robototexnika modernizatsiyasi" CBHE loyihasining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Loyiha konsortsiumi 5 mamlakatning 13 ta oliy o'quv yurtlarini birlashtiradi: Gretsiya, Portugaliya, Latviya, Litva va O'zbekiston.

 
Uchrashuvning birinchi kunida, Grantholders tomonidan MechaUZ loyihasining taqdimotlari bo'lib o'tdi, hamkorlar o'rtasida faol muhokama o'tkazildi. Grant oluvchi loyihani boshqarish bo'yicha barcha muhim ma'lumotlarni, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo'yicha tavsiyalarni va EACEA vakillarining so'nggi yangiliklarini taqdim etildi. Uchrashuv davomida moliyaviy masalalar, har bir oliy o'quv yurtining loyihadagi hissasi, bo'lajak tadbirlar rejasi va natijalarga erishish muhimligi muhokama qilinadi.