Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Maqolalar qabuli: ОLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

Maqolalar qabuli: ОLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

Ilmiy-metodik jurnal
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim bo'yicha ekspertlar milliy jamoasi (Erasmus+ Higher Education Reform Experts-HEREs)
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan
Google scholar va CIBERLENINKAda indekslangan
 
Jurnalning maqsadi: oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or usullar, yutuqlar, tendentsiya va muammolarni tahlil qilish va axborotlashtirish orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
 
JURNAL MAVZUARI 
№11 (2022) soni uchun ustuvor mavzular 
 
Oliy ta’lim muassasalarning avtonomligi (O‘zbekiston va boshqa davlatlardagi iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchi davlatlar tajribalari);
Oliy taʼlim boʻyicha ECTS kredit-modul tizimi (kontseptsiya, kredit-modul tizimiga oʻtishga qoʻyiladigan talablar, kredit tizimi sharoitida moliyaviy menejment, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar va talabalarning mobilligi, xorijiy tajribalar tahlili, ECTSni tadbiq etishning afzalliklari va unga o'tishdagi qiyinchiliklar va boshqalar).
 
Jurnalning umumiy mavzulari 
Oliy taʼlimda innovatsion uslub va vositalar (xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari tajribalari, ta’lim berish va oʻqitishning ilgʻor usullari, oʻquv jarayonini tashkil etish va universitetlarni boshqarish, OTMni innovatsion rivojlantirish uchun AKTdan foydalanish, taʼlim platformalari);
Oliy taʼlim boʻyicha kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (ilgʻor oʻquv dasturlari, tajriba, usul va vositalar);
Erasmus+ dasturi (maqsadlari Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida innovatsion usullarni qoʻllab-quvvatlashda dasturning vazifalari, Oʻzbekistonda va xorijda muvaffaqiyatli Erasmus+ loyihalarining tajribalari, HEREs jamoa aʼzolarining xalqaro seminarlarda ishtiroki natijalari boʻyicha hisobotlari, O‘zbekistonda Boloniya jarayonining tamoyillarini tadbiq qilish, oliy ta’lim sifatini ta’minlashda talabalarning rolini kuchaytirish va boshqalar);
Universitetlar uchun ilmiy va o‘quv ma’lumotlari (elektron kutubxonalar, oliy ta’lim uchun axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, ilmiyometrik ma’lumotlar, resurslardan foydalanish statistikasi va nashr faoliyati);
Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (oliy ta’limga sarmoya kiritish mezonlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston universitetlarining tajribalari, moliyaviy menejment, investitsiya samaradorligi, OTMlarda moddiy va kadrlar resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).
 
MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
 
Jurnal respublikada oliy ta’limni rivojlantirish borasida yetakchi xalqaro ilmiy jurnallar qatorida boʻlishga da’vogar hisoblanadi. Kelgusida uning nashr etish davriyligi va tiraji oshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari roʻyxatiga kiritilishi rejalashtirilgan. 
Shunga koʻra, jurnal maqolalariga qoʻyiladigan talablar ilmiy maqolalar rasmiylashtirish boʻyicha xalqaro standartlariga keltirilgan. Maqolalarga taqriz berish va baholash yanada malakali va xolisona boʻladi. Barcha mualliflardan jurnalga formati va mazmuni jihatidan xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy maqolalarni taqdim etishlari soʻrab qolinadi. 
 
1. Tarkibga qoʻyiladigan talablar.
Tarkibiga koʻra, maqolalar jurnalning bir yoki bir nechta yoʻnalishlarini ochib berishi va asosiy mavzuga mos kelishi, oldin hech qayerda nashr etilmaganligi, tahliliy boʻlishi, ilmiy yangilik elementlarini oʻz ichiga olishi va oliy ta’limni rivojlantirish uchun foydali ma’lumotlarga ega boʻlishi kerak. Maqolalarni xalqaro talabilarga binoan rasmiylashtirish tavsiya etiladi - IMRAD (Introduction - Kirish, Methods - Usullar, Results - Natijalar, Discussion — Muhokama).
http://science-insight.com/analitika/imrad 
 
2. Maqolalarga qoʻyiladigan talablar: 
 
1) «Mualliflar haqida ma’lumot»  (asl tilida alohida faylda) 
Ismi-sharifi (toʻliq)
Lavozimi va ish joyi  
Shahar, mamlakat*; 
Ilmiy unvon, ilmiy daraja 
Tadqiqot sohasi (2 satrdan oshmasligi kerak) 
Elektron pochta
 
2) Maqolalar quyidagi shaklga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak: 
 
MAQOLANING TUZILISHI:
Asl tilida:  
Ismi-sharifi (toʻliq) 
Maqolaning nomi KATTA harflarda
Annotatsiya 
Kalit soʻzlar 
Maqola 
Adabiyotlar roʻyxati 
 
Ingliz tilida:  
Ismi-sharifi (toʻliq) 
Maqolaning nomi KATTA harflarda
Annotatsiya 
Kalit soʻzlar 
 
FORMATI VA HAJMI 
Sahifalar soni – 10 dan 15 gacha, 1.0 intervalda 
Shrifti  Times New Roman, 14   
Maqolaning asl tilida va ingliz tilidagi annotatsiya 
Kalit soʻzlar (5 dan 7 gacha soʻz yoki iboralar)
Sahifalar chegarasi: yuqori, past, chap, oʻngdan – 2,5 см  
Sahifalarni raqamlash pastki oʻng burchakda  
 
Annotatsiyaga qoʻyiladigan talablar (asl tilda va ingliz tilida) 
Annotatsiya mustaqil matn boʻlishi kerak. Annotatsiya tadqiqot yoʻnalishiga emas, balki olib borilgan tadqiqotga bagʻishlangan boʻlishi kerak. Bu maqolaning qisqacha, ammo mazmunli sharhidir. Annotatsiyada formulalar, qisqartmalar, adabiyotlarga havolalar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Muhim! Annotatsiya bir paragrafda asl tilda - 500-600 belgidan (taxminan 100 ta soʻz), ingliz tilida - 1200-1250 belgidan (taxminan 200 soʻz) iborat boʻladi. 
 
Adabiyotlar roʻyxatiga qoʻyiladigan talablar 
Adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida, uzluksiz raqamlash bilan keltiriladi. Roʻyxatdagi manbalar matndagi kvadrat qavs ichidagi havolalarda beriladi, masalan, [12]. Adabiyotlar roʻyxati kamida 10 ta manbadan iborat boʻlishi kerak. Maqolaning matnida roʻyxatning barcha pozitsiyalariga havola qilinishi kerak va aksincha - havola qilingan adabiyotlar roʻyxatida koʻrsatilishi kerak. Havolalar berilganda bibliografik tavsifning tegishli standartlariga rioya qilinadi (masalan, GOST 7.1-2003 va boshqalar).
 
Maqolaga annotatsiya misoli  
ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ.
РАЗВИТИЕ ВО ВРЕМЯ ПАНДЕМИИ.
 
(Rus tilida ismi-sharifi)  
Аннотация. Пандемия COVID-19 внесла свои коррективы не только в систему здравоохранения и нашу личную жизнь, но и в систему образования. С одной стороны, имеется желание сохранить здоровье учащихся и педагогического состава, с другой – поддержать уровень преподавания и обучения на должном уровне. Для решения проблемы как никогда понадобились средства и методы дистанционного обучения и образования. 
Цель статьи – на основе анализа опыта ЕС, США, Китая, других стран дать некоторые рекомендации по принятию решений по развитию дистанционного образования (ДО) во время пандемии COVID-19. Кроме того, автор сам испытал на себе все отрицательные и положительные аспекты проведения занятий в режиме онлайн и поделился своим мнением. Анализ этого "краткосрочного" периода показывает, что ДО имеет свои плюсы и минусы. Достоинства: экономия времени и финансов; снижение риска заражения; развитие технологий ДО; стимулирование преподавателей по подготовке электронных курсов; равные возможности у студентов получать знания. Недостатки: отсутствие непосредственного контакта со студентами; сложность индивидуальной работы и в группах; "эффект присутствия" у студентов; "активность" недобросовестных преподавателей; сложность оценки знаний; технологическое неравноправие у студентов; снижение активности научных исследований. Изучение опыта показывает, что этот период заставит пересмотреть отношение как к дистанционному обучению, так и к системе дистанционного образования в целом. Статья будет полезна для руководства и преподавателей вузов, которые организовывают и проводят курсы ДО во время пандемии COVID-19 и строят планы развития ДО на будущее. 
Ключевые слова: дистанционное образование, пандемия COVID-19, информационные технологии в образовании, электронные курсы, онлайн обучение. 
 
 
DISTANCE EDUCATION.
DEVELOPMENT DURING A PANDEMIC
 
(ingliz tilida ismi-sharifi)
 
Abstract. The COVID-19 pandemic has made adjustments not only to the health care system and our personal lives, but also to the education system. On the one hand, there is an intention to maintain good health of students and teaching staff, on the other hand, to keep teaching and learning process at the proper level. To solve the problem, more than ever, we need the means and methods of distance learning and education.
The purpose of the article is to provide some recommendations for decision-making on the development of distance education (DE) during the COVID-19 pandemic, based on the analysis of the experience of the EU, USA, China and other countries. In addition, the author himself experienced all the negative and positive aspects of conducting classes online and shared his opinion.
Analysis of this "short-term" period shows that DE has its pros and cons. Advantages: saving time and money; reducing the risk of getting sick; development of DE technologies; enhancement of teachers to prepare e-courses; equal opportunities for students to gain knowledge. Disadvantages: lack of direct contact with students; difficulty of individual work and in groups; "Presence Effect" of students; activity of unscrupulous teachers; complexity of knowledge assessment; technological inequality among students; decreased activity of scientific research. 
The study of the experience shows that this period will make us reconsider the attitude both to distance learning and to the system of distance education as a whole. The article will be useful for university administrators and teachers who organize and conduct DE courses during the COVID-19 pandemic and make plans for future DE development. 
Keywords: distance education, COVID-19 pandemic, information technologies in education, e-courses, online training.
 
 
Maqolalarni topshirish muddati - 31 mart  2022 yil.
 
Tahririyat mavzu va rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqolalarni qabul  qilmaslik huquqiga ega. Nusxalari qaytarilmaydi. 
 
Maqolani quyidagi manzilga yuborish lozim: heresbook@erasmusplus.uz