Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus Mundus Joint Master Degree dasturi haqida online translyatsiyasi

Erasmus Mundus Joint Master Degree dasturi haqida online translyatsiyasi

2019 yil 20-dekabr kuni Erasmus Mundus Joint Master Degree dasturi doirasida o'qishini yakunlagan magistrlardan biri - Dostonbek Nuraliev online streaming sessiyasi orqali  EMJMD mavzusiga oid bo'lgan savollarga javob berdi. Online streamingda qanday hujjatlar topshirish kerak, ta'lim olish, Yevropadagi hayot va boshqa savollarga 1,5 soat davomida javob berdi. Online streaming Facebookdagi - Erasmus Mundus Students Network in Uzbekistan sahifasi orqali amalga oshirildi.

Online streaming sessiyasidan so'ng Dostonbek Facebook sahifasida berilgan savollarga javob berdi. Barcha qiziqqan nomzodlar va bo'lajak talabalar Erasmus Mundus Joint Master Degree dasturi haqida kerakli ma'lumotlarni olishdi va to'g'ridan-to'g'ri Dostonbekdan Evropadagi talabalar hayoti to'g'risida savollariga javob olishdi.

Online streaming sessiyasi quyidagi sahifa orqali mavjud.