Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Maqsad va vazifalar

Oliy ta’lim bo‘yicha ekspertlar Milliy komandasi faoliyatining maqsadi va vazifalari

Oliy talim sohasidagi Milliy komanda expertlari Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi taklifidan song, shuningdek, Erasmus+ milliy ofisi bilan kelishilgandan keyin Ozbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamda Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat bo‘yicha ijroiya agentligi tomonidan tanlanadi va tasdiqlanadi.

Milliy komanda ekspertlari maqsadi – milliy ehtiyojlar va intilishlarni hisobga olgan holda Lissabon konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi maqsadlarinii alohida sohalarda ilgari surish va erishish uchun maxsuslashtirilgan bilimlar manbai sifatida faoliyat yuritish. Milliy komandalar Lissabon va Boloniya strategiyalari hamda ularning tashqi o‘lchamlarining xalqaro mohiyatini mustahkamlash va kengaytirishga hissa qo‘shadi.

Milliy komanda tomonidan amalga osiriladigan faoliyatning umumiy tavsifi quyidagilardan iborat:

  • Innovatsion va ochiq oliy ta’lim uchun malakaviy ramkalar sifatida Lissabon Konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi tamoyillarini joriy etish;
  • Oliy ta’lim muassasalari uchun konsultatsiyalar o‘tkazish orqali butun umr davomida ta’lim strategiyalarini rivojlantirish.
  • Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga binoan Milliy komandalar boshqa tadbirlar bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalariga quyidagi yo‘nalishlarda konsultatsiyalar beradi:
  • Ta’lim sifatini ta’minlash (ichki va tashqi);
  • Uch darajali tizim: o‘quv dasturlarini isloh qilish, Milliy va Yevropa Malakaviy ramkalari - European Qualification Frameworks, Tyuning - Tuning (garmonlashtirish);
  • Tan olish (Kreditlarni yig‘ish va o‘tkazishning yevropacha tizimi - ECTS, Diplomga ilova - Diploma Supplement, Yevropass - Europass, Lissabon Konvensiyasi - Lisbon Recognition Convention).

Ekspertlar vazifasi

Milliy darajadagi vazifalar

Ekspertlar Lissabon Konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi strategiyalaridan kelib chiqqan holda o‘z mamlakatlari strategiyasi ishlab chiqish va islohotlarni belgilashda ishtirok etadi. Ular, shuningdek, noakademik tuzilmalar – sanoat, madaniy va ijtimoiy muassasalar bilan hamkorlikda lissabon Konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi doirasida milliy strategiyalarga mos kelgan holda strategik rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish uchun taklif qilinishi mumkin.

Institutsional darajada ekspertlar OTMlarga Lissabon va Boloniya tamoyillarini joriy etish va amalga oshirishga oid masalalar bo‘yicha konsultatsiyalarni amalga oshiradi. Xususan, ular yuqorida qayd etilgan uchta soha bo‘yicha ko‘makni amalga oshiradi.

Boloniya jarayonining prioritetli sohalari bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmaga ega ekspertlar Milliy komanda a’zolari uchun tadbirlarni ishlab chiqishga jalb etilishi mumkin.

Milliy komanda ekspertlarii ham axborot tadbirlarining barcha turlarida faol  ishtirok etadi.  

Xalqaro darajadagi vazifalar

а) oz mamlakatlaridagi MKEda mavjud bolmagan maxsus konsultatsiya yoki tajribaga ehtiyoj sezgan milliy muassasalar Erasmus+ Milliy ofisi orqali joylarda yordam ko`rsatish uchun boshqa mamlakatdagi ekspertlarga murojaat qilishlari mumkin.

b) vaqti-vaqti bilan Komissiya milliy organlarga oz mamlakatlarida oliy talim boyicha islohotlarni amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotgan boshqa ekspertlar uchun xalqaro darajadagi oquv kurslarini ishlab chiqish va otkazish uchun ekspert tayinlash boyicha iltimos bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday kurslar barcha milliy komandalar azolari uchun umumiy kengash shaklida, yoki o`zaro hamkorlik va tashkiliy jihatlar imkoniyatidan kelib chiqqan holda milliy komandalarning maxsus guruhlari uchun tashkil qilinishi mumkin.