Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Boloniya deklaratsiyasining asosiy tamoyillari

Birinchi bosqichda Boloniya jarayoni onta asosiy yo‘nalishlardan iborat edi. Keyinchalik mazkur yo‘nalishlar rivojlantirib borildi. Bugungi kunda Boloniya jarayonining asosiy vositalari quyidagilardan iborat:

• Darajalarning konvergent tizimi: uzluksiz ta’lim uchun Yevropa Ittifoqining malakalar ramkasidagi oliy ta’lim malakasiga mos keluvchi EHEA malakalar ramkasiga kiritilgan bakalavriat, magistratura va doktorantura kabi uch ta’limiy davr. Yerevanda o‘tkazilgan oxirgi konferensiyada ta’lim vazirlari qisqa muddatli darajalarni ham tan olishga kelishib olishgan.  

• Qo‘shma kreditlar tizimi – kreditlar o‘tkazishning yevropacha tizimi (ECTS) yoki moslashtirish tizimi.

• Talaba va xodimlarning mobilligi.

• Oliy ta’lim tizimi va oliy ta’lim muassasalarini internatsionallashtirish, EHEA ning xalqaro mavqeini mustahkamlash.

• Sifat ta’minotining yevropacha o‘lchovi – Yevropa hududida oliy ta’lim sifati ta’minoti asosiy tamoyil va standartlar asosida amalga oshirish.

• Uzluksiz ta’lim va imkoniyat hamda ishtirokni kengayishini ta’minlovchi ijtimoiy omil.

• Tan olish to‘g‘risidagi Lissabon Konvensiyasiga mutanosib tarzda kredit tizimiga asosan ta’lim davri va darajalarni tan olish.

 

Boloniya uch davriy tizimi

Boloniya jarayonining asosiy yonalishlaridan biri oliy talimning ketma-ket keladigan uch davri, yani, birinchi, ikkinchi va uchinchi davrdagi uch darajabakalavr, magistr va doktor darajasiga ega bo'lish imkonini beradi. Bakalavriat va magistratura dasturi uchun umumiy model ishlab chiqilgan, lekin uchinchi sikl uchun aniq qoida shakllanmagan hamda ularni aniqlash huquqi oz faoliyatini boshqarish va tartibga solishga intilishi bolmagan universitetlar tashqarisida boladi.    Ozbekiston ham Boloniya jarayoni tamoyillariga mos keluvchi uch daraja modelini qabul qilgan.

• Kreditlar o‘tkazishning yevropacha tizimi (ECTS)

ECTS talabalarga oliy ta’im muassasasida muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan kurslar uchun kreditlar yig‘ish imkoniyatini beradi. Tizim natijalar va o'quv jarayoni shaffofligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim davrini tan olishga hissa qo‘shadi. Amaliyotda bu tizim dastur/kurslar faoliyati bilan bog‘liq holatlarni qiyoslashni yengillashtiradi va tushunishni ta’minlaydi. Shuningdek, mazkur tizim talabalar mobilligi va chet elda ta’lim olishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Amaliyotda 60 kredit bir rasmiy o`quv yili uchun yuklama hisoblanadi hamda u ta’lim natijalariga mos keladi. O‘zbekistonda, avvalgidek, professor-o‘qituvchilarning mehnati sarfi soatlar shaklidagi o‘quv yuklamasi orqali belgilanadi.

• Boloniya diplomiga ilova

Boloniya diplomiga ilova xalqaro shaffoflik, akademik va kasbiy malakalarni tan olishni kuchaytirish maqsadida oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga ilova qilinadigan hujjat hisoblanadi. U quyidagi sakkiz qismdan iborat bo‘ladi: ta’lim xarakteri, darajasi,yo‘nalishi, mazmuni hamda muvaffaqiyatli yakuni. Ilova tarkibiga, shuningdek, oliy ta’limning milliy tizimi tavsifi ham kiradi. Boshqacha qilib aytganda, u diplom mazmunini yoritadi va uning egasiga o‘zining malakalarini namoyish qilishga yordam beradi. O‘zbekistonda ham diplom ilovasi mavjud. Mazkur ilova o‘quv predmatlari nomi hamda olingan baholarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Malakalarning milliy tizimi (MMT)

Malakalar milliy tizimi talimning erishiladigan aniq darajalari uchun ishlab chiqilgan korsatkichga mos bolgan malakalarni tasniflash uchun vosita hisoblanadi. MMT  mehnat bozori hamda fuqaroviy jamiyatning manfaatidan kelib chiqqan holda  yanada yuqori malakalar va darajalarga otishi uchun yonalishlarning shaffofligi, ochiqligi, tavsifini  taminlovchi vosita sanaladi. Mazkur  tizim u yoki bu mamlakatda egallanishi mumkin bolgan turli malakalar hamda talim sohasidagi boshqa yutuqlarni tavsiflaydi va bir-biriga boglaydi. Ozbekiston hanuzgacha MMT muhokamasining boshlangich bosqichida va, umuman olganda, uning rivojiga bolgan oz qiziqishini bildirmoqda.

• Milliy sifatni ta’minlovchi tizim (NQA)

Sifatni ta’minlash -  baholash, monitoring, ta’lim muassasalari va oliy ta’lim dasturlarining sifat tizimini ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish jarayoniga taalluqlidir.  Milliy darajada, tashqi baholashning mazkur usuli alohida vakolatlarga ega bo‘lgan mustaqil va avtonom idora tomonidan amalga oshirilishi kerak. O‘zbekistonda oliy ta’limda sifat ta’minoti, OTMlarning akkreditatsiya va attestatsiya masalalari bilan O‘zbekistob Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi shug‘ullanadi. Mazkur tashkilot sifatni baholash va nazorat qilish jarayonida xalqaro agentliklar xizmatidan foydalanmaydi.

Chet el malakalarini tan olish

Malakalarni tan olish Boloniya jarayonining muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi va xalqaro mobillikni rivojlantiruvchi hamda bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatini yaxshilovchi omil sifatida baholanadi.

Bu sohadagi vositalardan biri malakalarni tan olish bo‘yicha Lissabon konvensiyasi hisoblanadi. U belgilangan standartlar asosida bir mamlakatda egallangan malakalarni boshqa mamlakatlarda tan olish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya sanaladi. Konvensiya Yevropa Kengashi bilan YuNESKO tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, Yevropa va undan tashqaridagi 50dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan. Mazkur hujjat, birinchi navbatda, Yevropa Kengashi, shuningdek, Yevropa hamda Shimoliy Amerikada foydalanish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistonda tan olish masalalari bilan DTM shug‘ullanadi va hozirda chetda olingan ta’lim to‘liq tan olinadi. Shunga qaramay, qisqa muddatli mobillik masalalari universitet darajasida hanuz hal qilinmagan.

Qoshma dastur va darajalar

Global miqyosda qo‘shma dastur va darajalar baynalminallashuvning muhim omillaridan bo‘lib, universitetlar hamkorligidagi asosiy vositalardan biri sifatida qayd etilmoqda. O‘zbekistonda chet el OTMlari filiallarida tadbiq etilayotgan bir qator xalqaro dasturlar mavjud.