Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+

Erasmus+ dasturi - ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo’yicha 2014-2020 yillar uchun mo’ljallangan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir.

Erasmus+ dasturi oldingi 7ta dasturlarni o’z ichiga qamrab oldi:

-          Uzluksiz ta’lim dasturi (Erasmus, Leonardo da Vinci, Comenius, Grundtvig va Jean Monnet);

-          Yoshlar yo’nalishi dasturi;

-          5ta xalqaro hamkolik dasturlari (Tempus, Erasmus Mundus, Alfa, Edulink, sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi);

-          Sportni rivojlantirish dasturi;

Ushbu dasturning turli yo’nalishlari bo’yicha Yevopa davlatlari va Hamkor-davlatlar o’rtasida hamkorlik o’rnatish va uni moliyalashtirish imkoniyatini beradi.

Erasmus+ xalqaro targ’ibotni (Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik), xususan oliy ta'lim va yoshlar yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olgan.

Oliy ta'lim sohasida Erasmus+ Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan quyidagi asosiy yo'nalishlarni qo'llab-quvvatlaydi:

·         Jismoniy shaxslar uchun xalqaro kredit safarbarligida (CM) va Erasmus Mundus Qo’shma Magisterlik Dasturi (EMJMD), (Key Action 1) Hamkor-davlatlar va Yevropa davlatlar universitetlari o’rtasida talabalar, professor-o’qituvchi va xodimlarning safarbarliklarini qo’llab-quvvatlaydi;

·         Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE), (Key Action 2) yo’nalishi bo’yicha Hamkor-davlatlar oliy ta’lim muassasalarning zamonaviyalshtirilishiga va internatsionalizatsiyalashiga hamda oliy ta’lim tizimning ma’lum bir darajada ta’sir etish. Shuningdek, Yevropa Ittigoqiga qo’shni Hamkor-davlatlar asosiy urg’u beriladi;

·         Ushbu yo’nalish Yevropa Ittifoqiga qo’shni davlatlar, Xalqaro bitiruvchilar assotsiatsiyalar va Hamkor-davlatlar o’rtasida Oliy ta’lim sohasida faoilyat olib borayotgan Milliy ekspertlar komandasi (HEREs), (Key Action 3) siyosiy muloqot olib borishni qo’llab-quvvatlaydi;

·         Jean Monnet dasturining asosiy maqsadi butun dunyo bo'ylab Yevropa Ittifoqi tadqiqotlar sohasida ta'lim, ilmiy-tadqiqot faoliyatini targ’ib etish va rag'batlantirishdan iborat.

 

Dastur-davlatlari: Erasmus+ dasturining barcha yo’nalishlari bo’yicha to'liq ishtirok etishi mumkin bo’lgan davlatlar:

Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatlar va 5 Yevropa Ittifoqiga az’o bo'lmagan davlatlar (Makedoniya (sobiq Yugoslav Respublikasi), Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Turkiya).

Hamkor-davlatlar esadasturningma’lum yo’nalishlar bo’yicha ishtirok etishlari mumkin, ular quidagilar  Sharqiy Yevropa, Janubiy O'rta yer dengizi mamlakatlari, G'arbiy Bolqon, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari.

 

Dastur bo'yicha batafsil ma'lumotlar Erasmus+ va EACEAning asosiy web-saytlarida joylashtirilgan.

www.ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus

www.eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus_en

 

Dastur-Davlatlaridagi Milliy agentliklar haqidagi ma’lumotlar quyidagi web-saytda mavjud http://ec.europa.eu/education/tools/national_agencies_en.htm

Hamkor-davlatlarning Erasmus+ milliy ofislarining ma’lumotlari quyidagi web-saytda mavjud https://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/contacts/national-erasmus-plus-offices_en