Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Talabalar

 

Talaba va doktorantlarga

Ilmiy daraja olish uchun to‘liq ta’lim dasturini o‘tashni istaysizmi?

  • Siz Yevropa va Yevropadan bo‘lmagan OTMlar konsortsiumi tomonidan taklif etilayotgan Erasmus Mundusning yuqori sifatli dasturlaridan biri -  Qo‘shma magistrlik dasturlari stipendiyasi uchun so‘rovnoma berishingiz mumkin. Ta’lim dasturda ishtirok etayotgan OTMlarning kamida ikkitasida bo‘lib o‘tadi va ta’lim yakunida ikki/ko‘p tomonlama diplom beriladi.
  • Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtirilayotgan stipendiyalar dasturda ishtirok etish uchun xarajatlar, Yevropaga transport xarajatlari, u yerda yashash va sug‘urtani qoplaydi. Dunyoning barcha mamlakatlaridagi nomzodlar uchun ochiq bo‘lgan ushbu tanlov stipendiyalariga ega bo‘lish uchun so‘rovnoma bevosita konsortsiumga topshiriladi. Kurslar ro‘yxatini bu yerda ko‘rishingiz mumkin: http://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/jointmasterdegrees

Sizni professional tayyorgarlik yoki tadqiqot ishi qiziqtiradimi?  Ilmiy-tadqiqit o‘tkazish maqsadida doktorlik stipendiyasiga yoki boshqa tadqiqot grantlarga so‘rovnoma topshiring. Ular tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha YI Gorizont 2020 dasturining tayanch qismi bo‘lgan Mariya Skladovskaya-Kyuri tadbirlar dasturi doirasida omma uchun ochiqdir. Erasmus Mundusning qo‘shma doktorlik stipendiyalari faqat 2017-yilgacha amal qiladi. Sizning Yevropadagi ta’limingiz vataningizda diplom olishingiz paytida hisobga olinishini istaysizmi? 

  • Sizning OTM Erasmus+ dasturida ishtirok etayotgan Yevropa universitetlari bilan hamkorlik bo‘yicha bitimlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda siz qisqa muddatli tashrif (3 oydan 12 oygacha) uchun grant talab qilishingiz mumkin. Bu ta’limning bir qismini (bakalavr, magistr yoki dokrotlikka tayyorlov dasturlari bo‘yicha) hamkor ta’lim muassasasida o‘tash imkoniyatini beradi. Sizning u yerdagi olgan bilimingiz O‘z ta’lim muassasangizga qaytganingizda to‘laqonli hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu bitimga muvofiq Sizning universitetingiz ham Yevropadan talabalarni qabul qilishi mumkin.

«Ta’limni hisobga olish bilan bog‘liq mobillikning bunday turi Yevropada ta’lim olishni istagan chet el talabalari vaa dunyoning boshqa mamlakatlarida o‘qishni xohlovchi yevropalik talabalar uchun ochiqdir».  Grant so‘rash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan ta’lim muassasangizning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.