Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

O'qituvchilar

Oliy ta’lim muassasalari xodimlariga

O‘z tajribangizni oshirish va kasbiy mahoratingizni rivojlantirishni istaysizmi?

  • Sizning OTMingiz Erasmus+ dasturining yevropalik ishtirokchilari bilan hamkorlik bo‘yicha bitimlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda siz muayyan muddat davomida (5 kundan 2 oygacha) chet el ta’lim muassasasida dars berish yoki unda malaka oshirish uchun professional ta’lim olish imkonini beruvchi grant so‘rashingiz mumkin.
  • Shuningdek, ushbu bitim asosida sizning universitetingiz ham Yevropa ta’lim muassasalarining xodimlarini qabul qilishi mumkin.Grant so‘rash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan ta’lim muassasangizning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
  • Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari ham «Erasmus Mundus»ning qo‘shma magistrlik dasturining istalgan amaldagi kursida ishtirok etish uchun so‘rovnoma berishi mumkin.                                                            

Butun dunyoning ilmiy xodimlari uchun ochiq bo‘lgan ushbu tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnoma bevosita qo‘shma dasturni amalga oshiruvchi konsortsiumning o‘ziga topshiriladi. Kurslar ro‘yxatini bu yerda ko‘rish mumkin: http://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/jointmasterdegrees

Jean Monnet dasturi tadbirlari

Yevropa integratsiyasi sohasida dars berish yoki tadqiqot ishini olib bormoqchimisiz?  

  • Siz yuqori darajali ilmiy xodimlar hamjamiyatining ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.
  • Sizning ta’lim muassasangiz dars berish yoki tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish uchun  Jean Monnet dasturining instrumentlaridan bo‘lgan modul, Kafedra yoki Takomillashtirish markazi orqali talabnoma berishi mumkin.
  • Jean Monnet dasturi doirasidagi tarmoqlar yoki loyihalar Yevropa Ittifoqi tadqiqotlarining xalqaro qatnashchilari konsortsiumini yaratishga, tajriba va bilim almashinuviga, butun dunyo bo‘ylab Yevropa integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.
  • So‘rovnoma topshirish uchun Bryusselda joylashgan Ta’lim, ma’daniyat va audiovisual vositalar bo‘yicha ijroiya agentligiga (EACEA) murojaat qiling:  http://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/actions/jean-monnet_en 

 

Talaba va xodimlar uchun stipendiyalar – bu Erasmus+ dasturi taklif etayotgan barcha imkoniyatlarning faqatgina bir qismidir.

Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling:

ERASMUS+ dasturi

ec.europa.eu/erasmus-plus

eacea.ec.europa.eu

facebook.com/EUErasmusPlusProgramme

Twitter: #EUErasmusPlus

«Mariya Sklodovskaya-Kyuri» dasturi tadbirlari:

ec.europa.eu/msca

facebook.com/Marie.Curie.Actions