Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

«Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari» nomli Oliy ta'lim milliy guruhi ekspertlarining yillik konferentsiyasi

«Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari» nomli Oliy ta'lim milliy guruhi ekspertlarining yillik konferentsiyasi

Erasmus+ Milliy ofisi va Oliy ta'lim ekspertlar milliy guruhi yil davomida olib borgan faoliyati yakunlari bo'yicha respublika oliy o'quv yurtlari uchun har yili anjuman o'tkazib kelmoqda.

Konferentsiya davomida mutaxassislar ishtirokidagi o'quv seminarlari natijalari, o'qitishning ilg'or usullari va oliy ta`limda sifat kafolati, kredit tizimini joriy etish va ta'limga oid boshqa masalalarni ham ko'rib chiqish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar: O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Erasmus+ milliy ofisi va Oliy ta'lim Ekspertlar milliy guruhi

Tadbirning asosiy vazifalari:

- respublikamizning oliy ta'lim tizimi istiqbollari va hozirgi holatini hisobga olgan holda Yevropadagi ba'zi ekspertlar bilan o‘tkazilgan o‘quv seminarlari natijalari va ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar to‘g‘risida ma'lumot berish;

- Erasmus+ dasturining oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan jadal islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va 2030 yilgacha oliy ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi vazifalarini amalga oshirishdagi imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar bilan bo'lishish;

- 2020 yildagi faoliyati yakunlarini va yangi 2021 yilga mo‘ljallangan rejalarni ko'rib chiqish;

- Ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan va nashr etilgan 2020 yilgi "Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari" jurnalining navbatdagi 8-soni bilan tanishtirish.

Tadbirga quyidagi manba orqali ulanishigiz mumkin t.ly/PShw

ID: 868 8734 4581, Pass: 15122020