Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ dasturi yangiliklari haqida biz birinchi manbadan xabar bermoqdamiz!

Erasmus+ dasturi yangiliklari haqida biz birinchi manbadan xabar bermoqdamiz!

2020 yil 22-23 oktyabr kunlari Yevropa ittifoqi Ta’lim, yoshlar, sport va madaniyat Bosh Direktorati va Ta’lim, audiovizual va madaniyat Ijroiya Agentligi tomonidan Erasmus+ milliy ofislari va Milliy Agentliklar vakillari uchun online uchrashuv tashkil qilindi. 

2 kun davom etgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 2021-2027 yillar uchun yangi bosqichi, dasturni targ'ib qilish va ta'sirni oshirish bo'yicha loyihalar natijalarini tarqatish strategiyalari,  dasturga COVID-19 ta’siri haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Parallel seminarlarda esa Erasmus+ loyihalarinig ilgo’r tajribalari, muvaffaqiyatli amaliyotlar, qiyinchiliklar bilan almashish va ularni bartaraf etish kabi ma’lumotlar bilan fikr almashish imkoniyati bo’ldi. 

 

 

2021-2027 yillar uchun ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:

Noyabr oyining oxirida Dasturning 2021-2027 yillari uchun mo’ljallangan yangi Qo'llanmani nashr etilishi belgilangan.

Yaqinda Erasmus Mundus va magistrlik darajasi va Jan Monnetning "Ta'lim va yoshlar sohasidagi strategik sheriklik" aksiyalari tanlovlarining ochilishi rejalashtirilgan!

Yaqin kunlarda quyidagi Yo’nalishlar bo’yicha yangi tanlov e’lon qilinishi kutilmoqda:

Jean Monnet 

Erasmus Mundus Joint Master Degrees

 

 
 
 
Boshqa Yo’nalishlar bo’yicha tanlovlar yangi Erasmus dasturi (2021-2027) doirasida e’lon qilishini rejalashtirilgan. 

Yaqin kunlarda yangi tanlov bo’yicha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.
Shuning uchun bizning yangiliklarimizni kuzatib boring!
 
Barchangizni hamkorlikni davom ettirish va tajribalaringizni oshirib borishga taklif qilamiz!