Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Toshkentda milliy Erasmus+ kontakt seminari

Toshkentda milliy Erasmus+ kontakt seminari

Istanbulda Markaziy Osiyo davlatlari uchun tashkil qilingan Erasmus+ kontakt seminarining davom ettirish maqsadida (http://www.erasmusplus.uz/news/153.htm) Ekspertlar milliy guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 1 noyabr kuni milliy Erasmus+ kontakt seminari tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. 

Milliy Erasmus+ kontakt seminarining asosiy maqsadlari - O’zbekiston oliy ta’lim muassasalar va noakademik tashkilotlar vakillari, Istanbuldagi seminarda ishtirok etgan 23 nafar ishtirokchilarni birlashtirish va hamkorlikni yo’lga qo’yish, shu qatorda 34ta Erasmus+ Dasturiy davlatlar (Programme Countries) va Hamkor davlatlar (Partner Countries) qatoriga kiradigan Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Rossiya universitetlari vakillari bilan o’zaro foydali va samarali hamkorlik aloqalardan unumli foydalanishdan iborat. 5 oktyabrda bo’lib o’tgan Erasmus+ axborot kuni materiallari http://www.erasmusplus.uz/news/Erasmus-Information-Day---2018.htm mavjud. 

Agar ishtirok etish istagingiz bo’lsa, iltimos 27 oktyabrga qadar ro'yxatdan o’tishingizni so’raymiz  Open in Forms (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdhb_zenJRoGaq7MoHTbfygzWB3QTrx2luqmUISeKIBw2AyCA/viewform?usp=pp_url)

Sizning ishtirok etishingiz tasdig’i sifatida taklifnoma, seminarning kun tartibi va manzil haqidagi ma’lumotlar yuboriladi.