Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

RENES loyihasining yakuniy tadbiri

RENES loyihasining yakuniy tadbiri

Joriy yilning 25-27 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi  Turin politexnika universitetida “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit bo’yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” loyihasining yakuniya tadbiri bo’lib o’tmoqda.

Tadbirning 1-chi kunida barcha konsortsiumdagi hamkor universitetlar , Oliy va o’rta maxsus  ta’lim vazirligi va Erasmus+ milliy ofisining vakillari qatnashmoqdalar.

Tadbir yevropalik koordinator prof. Anna Tozzi o’z ma’ruzalari bilan boshladi. Shuningdek, OO’MTVning  bosh mutaxassisi Ulug’bek Xodiyev loyihadan olingan natijalar, shu jumladan Guliston davlat universitetida yangi 2019/2020 o’quv yilida “Qayta tiklanuvchi energiya va atrof-muhit fizikasi” ta’lim yo’nalishi ochildi va magistraturada ta’lim olish uchun 4 nafar talaba qabul qilinganligini ma’lum qildi.

Loyiha haqidagi batafsil ma’lumot bilan http://www.reneseplus.uz/ web-sayti orqali tanishishingiz mumkin.