Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Erasmus+ e-Booth elektron platformasi

Erasmus+ e-Booth elektron platformasi

2021 yil 25-29 yanvar kunlari davomida Erasmus+ Oliy ta’lim salohiyatini oshirish – CBHE loyihalari koordinatorlari ishtirokida onlayn Grant oluvchilar uchrashuvi (Grantholders meeting) bo’lib o’tmoqda. 

 
Ushbu uchrashuvlarda O’zbekiston OTMlari ishtirokida moliyalashtirish uchun tanlab olingan yangi 6ta loyiha vakillari ham ishtirok etmoqda. 
 
Uchrashuvlar onlayn formatda tashkil etilganligi sababli e-Booth elektron platformasi tashkil etildi https://cbhegrantholders2021.eu/ebooths/ebooth7  
 
 
Ushbu e-Booth Sizga Erasmus+ oilasiga muammosiz, qiyinchiliklarsiz qo'shilishda yordam beradi. E-Booth-ga tashrif buyurganingizdan so'ng, siz o'zingizni yolg'iz emasligingizni his qilasiz va yaxshi ko’nikmalar va loyihaning barqaror ravon amalga oshirilishi to'g'risida ko'plab foydali vositalar va ma'lumotlarni olasiz.
 
Elektron platforma orqali quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz:
 
Erasmus+ milliy ofisi (NEO) qanday tashkilot;
 
Loyiha davomida NEOlar siz uchun qanday foydali bo'lishi mumkin;
 
Loyihangizni qanday qilib yanada samarali va barqaror qilish imkoniyatlari;
 
CBHE loyihalarining eng yaxshi tajribalari;
 
Loyihani amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar;
 
Markaziy Osiyo va Rossiyada oliy ta'limni modernizatsiya qilish bo'yicha mavjud tashabbuslar to'g'risida ma'lumot;
 
Markaziy Osiyo va Rossiyaning Erasmus+ dasturiga jalb qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar.
 
  
Shuningdek, 27-28-29 yanvar kunlari O’zbekiston vaqti bilan 18.00dan 18.45gacha onlayn tarzda e-Booth stendida 13ta tarmoq (networking) va eng yaxshi tajribalar bilan tanishish imkoniyatingiz bo’ladi https://cbhegrantholders2021.eu/onlinesessions