Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

"Хаlqaro kredit mobilligi" maqolalar to'plami

"Хаlqaro kredit mobilligi" maqolalar to'plami

Erasmus+ Oliy ta'lim bo‘yicha ekspertlar Milliy guruhi a'zolari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xalqaro kredit mobillik: ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi ahamiyati” mavzusidagi IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida navbatdagi maqolalar to‘plami chop etildi. 

Mazkur to‘plamda O‘zbekiston OTM talabalari va professor-o‘qituvchilari Yevropada universitetlarida mobillik dasturi orqali ta'lim olish va malaka oshirish jarayonida orttirgan bilim va tajribalarini o‘rganish hamda natijalarning mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarida joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ushbu to‘plamni quyidagi manba orqali tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin http://www.erasmusplus.uz/images/shared/file/ICM%20publication_latest_07_01_2021.pdf

Maqolalar to‘plamiga nashr etish uchun yuborgan maqolalar mualliflariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.