Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Yevropalik hamkorlar O’zbekiston universitetlari bilan hamkorlik qilishdan mamnunmi?

Yevropalik hamkorlar O’zbekiston universitetlari bilan hamkorlik qilishdan mamnunmi?

Erasmus+ “Xalqaro kredit mobilligi” loyihasi koordinatorlari bilan intervyu

Erasmus+ milliy ofisida O’zbekiston milliy univeristeti (O’zMU) va Opavadagi (Chexiya Respublikasi) Silesian universitetlari o’rtasida amalga oshirilayotgan Xalqaro kredit mobilligi (ICM) loyihasining  hamkorlarini mamnuniyat bilan kuitb oldi. Suhbat davomida chexiyalik hamkorlar o'z tajribalari va taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar. 

O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan birinchi marta hamkorlik qilishingizmi va birinchi taassurotingiz bilan o’rtoqlasha olasizmi? 
Silesian universitetidagi ICM loyihasi koordinatori, dotsent Martin Kolos: Hozirgi loyihamiz O’zMU  bilan oldingi hamkorligimiz asosida tashkil etilgan va biz hamkorlikni davom ettirishda Erasmus+ imkoniyatini yuksak qadrlaymiz. Taassurotlarga kelsak, birinchi navbatda men o'zbek xalqining mehmondo'stligi va mehribonligini alohida ta’kidlab o’tgan bo’lar edim.
Silesian Universiteti professori Xose Jovalle: O'zbekistonlik talabalar salohiyatining yuksakligi va ular yaxshi natijalarga erishayotganini alohida ta'kidlab o’tishim lozim. Hozirgi paytda O’zMUda ma'ruzalar o'qimoqdaman va mashg'ulotlar davomida talabalardan juda yaxshi g'oyalarni eshitmoqdaman.
 Silesian Universitetining PhD talabasiRadim Panis: Yuqorida aytib o'tilgan fikrlar bilan bir qatorda, men mazali o’zbek milliy taomlarini va o'zbek xalqining samimiyliklarini ta'kidlab o'tmoqchiman. Men amalga oshirgan avvalgi Erasmus+ mobillik davrimda bu kabi iliq va do’stona munosabatni his qilmagan edim. Bundan tashqari, O'zMUda olib borilgan tadqiqotlar ham samarali ketmoqda hamda yangi tadqiqot loyihalar ustida ish olib bormoqdamiz.
 
Erasmus+ ICM loyihasining OTMning xalqarolashtirish strategiyasiga qanchalik bog’liqligi va instittutsional darajadagi ta’siri haqida  nima ayta olasiz?
Silesian Universiteti ICM loyihasi koordinatori, dotsent Martin Kolos: Men Silesian universitetiga kelayotgan O'zbek talabalari soni oshib borayotganini va  o’z navbatida Silesian universitetidagi xalqaro talabalar sonining ko'payishiga o’z hissasini qo’shayotganini aytib o’tmoqchiman. Bundan tashqari, ICM loyihasi mavjud bilimlar bilan almashish (transfer of knowledge) uchun juda muhimdir.
O'zMUda ICM koordinatori, prof. Bobomurat Ahmedov: ICM loyihalari doirasida Yevropa Ittifoqi professor-o'qituvchilarining tashrif buyurishi fanlarni ingliz tilida o'qitilishiga bo’lgan tendentsiyani mustahkamlashga yordam beradi. Ingliz tili ilm tili bo'lgani uchun biz ingliz tilida magistratura va doktorlik dasturlarini yaratishimiz zarur.
 
Ishtirokchilarning chet elda olgan kreditlari mahalliy universitet tomonidan qanday tan olinmoqda? 
O'zMUdagi ICM loyihasi koordinatori, prof. Bobomurat Ahmedov: Afsuski, mobillikda ishtirok etgan talabalar o’z universitetlarida qayta imtihondan o’tishlari zarur bo’lmoqda. Lekin, agar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ECTS tizimini tadbiq etish tajribasi yaxshi natijalarga erishsa, biz ushbu tizimni O'zMUda joriy etishni rejalashtirmoqdamiz, bu o’z navbatida mobillik davomida olingan kreditlarni tan olinishiga yordam beradi. 
 Silesian universitetidaPhD talabasi Radim Panis, : Erasmus+ doirasida Germaniyada o'qiganimda, aslida men uchun ham bu muammo bo'ldi. Mavzular mening universitetimdagi mavzular bilan bir xil emas edi. Shu sababli, men kelgandan keyin ba'zi imtihonlarni topshirdim. Aytishim mumkinki, Yevropada ham kreditlarning tan olinishi qiyin masaladir. 
 
Mobillik dasturi natijalarini qanday qilib tadbiq etmoqchisiz (etdingiz)? 
Silesian Universitetining ICM loyihasi muvofiqlashtiruvchisi, dotsent Martin Kolos: Odatda biz mobillik ishtirokchilariga mobillik tajribalarini va erishgan natijalari bilan o’rtoqlashishlari  uchun ilmiy konferentsiyalar / seminarlarda   so’z beriladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda ta’lim olayotganlar uchun biz muntazam ravishda maqolalar chop etib boramiz. Shuni eslatib o’tishim lozimki, ushbu maqolalarda tadqiqot /ta’lim olish Erasmus+ dasturi tomonidan qo'llab-quvvatlanilgani eslatib o’tiladi.

Ushbu ICM loyihasining qaysi jihatini siz eng yaxshi amaliyot sifatida ayta olasiz?
 O'zMUdagi ICM koordinatori, prof. Bobomurat Ahmedov: Bizning ikki nafar magistrantimiz Silesian universitetidagi o’zlarining mobilligi davomida Chexiya Respublikasining davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi: B. Toshmatov "Milan Odehnal", Chexiya Jismoniy Jamiyatining 2018 yilgi mukofotiga va  A. Tursunov esa Chexiya Respublikasi Ta’lim vazirligining  Yoshlar va Sport- bo’yicha 2018 yilgi mukofotiga sazovor bo’ldilar. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu mukofotlar Silesian universiteti tarixida ilk mukofotlardan bo’lib hisoblanadi. 
 
Loyiha davomida qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz/keldingiz?
Silesian Universitetidagi ICM loyihasi koordinatori, dotsent Martin Kološ: Silesian universiteti yosh va kichik universitet bo'lib, u xalqaro loyihalarga moslashuvchan. Shuning uchun loyiha davomida hech qanday muammo yuzaga kelmadi.
 
Yangi Erasmus+ loyihalari doirasida hamkorlikni davom ettirmoqchimisiz? 
Silesian universitetidagi ICM loyihasi koordinatori, dotsent Martin Kolos: Albatta, biz yangi loyihalar doirasida hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz va 2019-yilgi tanlov doirasida yangi ICM loyihasiga loyiha takliflarini topshirdik. 
Silesian UniversitetiPhD talabasi Radim Panis: Hozirgi kunda O’zMUda yangi tadqiqot loyihasi ustida ish olib bormoqdamiz. Biz astrofizika sohasidagi samarali hamkorlikka umid qilamiz. 
 
Yuqoridagi ma'lumot Erasmus+ loyihalari doirasida Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston OTMlari qanday samarali hamkorlik qilayotganining birgina misolidir. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarni qamrab olgan holda, 150dan ortiq ICM loyihalari amalga oshirilmoqda. Har yili nashr etiladigan ICM ma’qolalar to’plamimizda boshqa ICM loyihalari ishtirokchilarining tajribalari bilan ham tanishishingiz mumkin: http://www.erasmusplus.uz/publication/NEO-publications/index.htm.