Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Yangi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalari doirasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish

Yangi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalari doirasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish

Ta'lim, audiovizual vositalar va madaniyat Ijroiya agentligi (EACEA) tomonidan "Oliy ta'limda salohiyatini oshirish/ Capacity-Building in Higher Education (CBHE)" tanlovining natijalarini e'lon qildi. Tanlov 2017- yil oktyabr oyida e’lon qilingan bo’lib, loyiha takliflarini topirish uchun muddat  2018 yil 8-fevralga qadar belgilangan edi.

Natijalar quyidagi sahifada berilgan: https://eacea.ec.europa.eu/erasmus-plus/selection-results/capacity-building-higher-education-2018_en 
Tanlovga taqdim qilingan jami 874ta loyihadan 147 tasi dunyoning barcha ishtirokchi davlatlari uchun, shu jumladan Markaziy Osiyo universitetlari ishtirokidagi konsortsiumlardan 127 loyiha taklifi (taqqoslash uchun, 2017 yilda 121ta loyiha taklifi) tanlov komissiyasi tomonidan moliyalashtirush uchun tavsiya qilindi. 
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun 14ta yangi loyiha moliyalashtirish uchun saralandi, jumladan, O'zbekistonning OTMlari ishtirokida 7ta loyiha, Qozog'iston - 10ta loyiha, Tojikiston -4ta loyiha, Qirg'iziston -3ta loyiha va Turkmaniston -3ta loyiha.
Ta'kidlash joizki, respublikaning 12ta OTMlari, shu jumladan Toshkent shahridagi 6ta OTMlari va 5ta viloyat va Qoraqalpog'istonning 6ta OTMlari, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston ishtirokida 5 ta mintaqaviy loyiha (4,9 mln. yevro), hamda Xitoy, Isroil va Kosovo (1,9 mln. yevro) universitetlari ishtirokidagi 2ta mintaqalararo loyihalarda ishtirok etadi.
Yangi loyihalarda 18 Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning 29 universitetlari, shuningdek, 7 ta Hamkor davlatdan 43 ta universitetlari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. OO’MTV yangi 3 yilga mo’ljallangan  "HiEdTec: Yangi texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyoda oliy ta'limini modernizatsiya qilish / Modernisation of higher education in Central Asia through new technologies" loyihasiga jalb qilinishi ko’zda tutilgan. 
Yangi 7ta loyihani hisobga olgan holda, Erasmus+ “Oliy ta'limda salohaiyatni oshirish” loyihalarining umumiy soni 32 loyihaga yetdi va bu loyihalarda 48ta mahalliy OTMlari ishtirok etadi. Jami 32ta loyiha va 85ta amaldagi “Kredit mobilligi” hamkorliklariga 58 OTM, shu jumladan Toshkent shahridagi 26ta OTM va 11 viloyat va Qoraqalpog'istondan 32 OTM qamrab olingan. 
Yangi 7ta loyiha komanda a’zolarini tabriklaymiz va ularga samarali hamkorlikni tilab qolamiz!