Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Yangi CHILDCA loyihasining birinchi uchrashuvi

Yangi CHILDCA loyihasining birinchi uchrashuvi

2019 yilning 20 - 22 fevral kunlari Pavia universitetida (Italiya) yangi CBHE “CHILDCA: Bolalarni parvarishlashni o’rganish tizimini takomillashtirish Markaziy Osiyoda oliy o’quv yurtidan keyingi tibbiy ta’limni zamonaviylashtirish modeli sifatida ” nomli loyihasi hamkorlarining birinchi  uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Italiya, Germaniya hamda Polsha mamlakatlari  Hamkor-universitetlari vakillari ishtirok etishdi.

Loyihaning maqsadi - Markaziy Osiyoda bolalar parvarishi bo’yicha oliy ta’limdan keying ta’limni zamonaviylashtirish, professionallashtirish hamda xalqarolashtirish, bolalar neyropsixiatriyasi, jarrohligi va pediatriyasi sohasida shifokorlarni tayyorlash borasida bilim va tajribalar bilan almashishdan iborat. 
 
Ushbu loyiha Markaziy Osiyo davlatlakatlarida oliy ta’limdan keyingi tibbiy ta’limida nafaqat pediatriya, balki tibbiyotning boshqa sohalarida ham shakllantirilishning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishi uchun texnik-iqtisodiy asoslangan holda tashkil etilgan qo’shma loyiha hisoblanadi. Loyiha yangi tug’ilgan chaqaloqlarni va bolalarni davolashning zamonaviy usullarini o’rganishga,  nisbatan yangilangan munosabat natijasida, bolalar parvarishining muhimliligiga alohida urg’u beradi. 
Loyihadan olinadigan natijalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan qabul qilingan va yuqorida erishilishi ko’zda tutilgan natijalarga yo’naltirilgan, bolalarni mukammal parvarish qilishga qaratilgan yangi o’quv dasturlari va o’qitishning yangi strategiyalari bo’ladi. Loyiha haqida batafsil ma’lumot TPTI va BuxDTI web-saytlarida mavjud.