Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

“Ta'lim jarayoniga yangi o'quv dasturlari, zamonaviy pedagogika va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini oshirish” nomli seminari

“Ta'lim jarayoniga yangi o'quv dasturlari, zamonaviy pedagogika va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini oshirish” nomli seminari

Ikki kunlik seminarda respublikaning 21ta oliy ta’lim muassasalari va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasidan 40 kishi ishtirok etdi. Xalqaro institutlar va Yevropa ta'lim standartlari bilan ishlash bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan yevropalik ekspert - professor Ebba Ossiannilsson asosiy ma'ruzachilarning biri bo'ldi. 

Seminar davomida ishtirokchilar ta’lim dasturlarini, raqamli va aqlli texnologiyalarni hamda ta’limning innovatsion metodlarini joriy qilish; ta’lim sifatini va dars berishning monitoringini o’tkazish; sifatni nazorat qilishdagi usullarni ishlab chiqish; jahon standartlari va tajribalariga asoslangan holda mavjud sifatning mexanizmlarini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.  
Shuningdek, OTMlarda ichki sifatni ta’minlash tizimi kontseptsiyalari, maqsadi va siyosati hamda ta’lim dasturlarining sifatini oshirish borasida fikrlar almashildi. 
Tadbir taqdimotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: