Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Marie Skłodowska-Curie dasturi bo'yicha ilk tadbirining video yozuvi

Marie Skłodowska-Curie dasturi bo'yicha ilk tadbirining video yozuvi

 


15 iyul kuni Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) “Talabalar va tadqiqotchilar uchun mobillik va ta’lim imkoniyatlari /Opportunities for Students and Researchers’ mobility and training” mavsuziga bagi’shlangan ilk tadbiri O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. 

Yoqubjon Abdullayevich Irgashev, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i  onlayn webinarning bugungi kunda muhim mavzularidan biri ekanligi va MSCA dasturi taklif qilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanish, Yevropadagi tadqiqotlari jarayonida xalqaro tajribalar bilan tanishish va o’zlarini bilimlarini yanada chuqurlashtirish hamda kelajakdagi kar’erangiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdilar. 

MSCA bo’limining rahbari (Head of Unit) Claire Morel, Xalqaro hamkorlik bo’limining (I Unit, DG RTD) Richard Burger, MSCA bo’limi xodimi Marlène Bartes, Tadqiqot bo’yicha Ijrouya Agentligi vakili Samy Bettichelar MSCA va Horizon2020 dasturlarining imkoniyatlari va tanlovlari haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishtirib o’tishdi.  

Tadbirda dasturining imkoniyatlari, tadqiqotchilarni turli bosqichlarda qo’llab-quvvatlanishi, turli yo’nalishlarda olib borayotgan tadqiqotlaringiz uchun mablag’ taqdim qilinishi bo’yicha ma’lumotlar taqdim etildi. 

Shuningdek, MSCA sanoat va akademiya o'rtasidagi hamkorlikni va ish bilan ta'minlash va kar’erangiz rivojlanishini oshirish uchun innovatsion ta'limni ham  qo'llab-quvvatlaydi.
 
Tadbirning video yozuvini bu yerda ko’rishingiz mumkin www.youtube.com/watch

Webinarda taqdim etilgan ma'ruzalar:
 
MSCA and open calls, Samy Bettiche

Testimonials

 
 
 
Bu yerdagi manbalar orqali Yevropa Ittifoqida ta'lim olish, stajirovka, almashinuv va tadqiqot ishingizni davom ettirish bo'yicha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin 
 
https://study-europe.net/

https://erasmusintern.org/

https://euraxess.ec.europa.eu/jobs