Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

ITEM loyihasining dastlabki uchrashuvi o’tkazildi

ITEM loyihasining dastlabki uchrashuvi o’tkazildi

Gretsiya davlatida 14 -15 fevral kunlari yangi “ITEM: Matematikani Innovatsion usulda o’qitish/ Innovative Teaching Education in Mathematics” loyihasining dastlabki uchrashuvi o’tkazildi. Loyiha konsortsiumi quyidagi 10 ta davlatdan jami 16 nafar OTMlarni o’zaro birlashtiradi: Gretsiya, Daniya, Avstriya, Shvetsiya, Ispaniya, Chexiya, Makedoniya Respublikasi, Kosovo, Isroil va O’zbekiston. Ikki kunlik uchrashuv davomida Yevropalik koordinator tomonidan ITEM loyihasi taqdimoti o’tkazildi, hamkorlar bilan qizg’in davra suhbati va muzokaralar o’tkazildi, hamda matematikadan (matematik analiz,  algebra) o’quv rejalari/dasturlarida ko’rsatiladigan muammoli masalalar ko’rib chiqildi. Bundan tashqari, loyiha bo’yicha sa’yi harakatlarni kengaytirish, ishchi paketlardan foydalanish bo’yicha vositalar, harakatlar, loyihaning moliyaviy boshqaruvi, shuningdek sifatni ta’minlash jarayoni va vositalari to’g’risidagi rejalar borasidagi savollar muhokama qilindi. 

ITEM loyihasi doirasida konsortsium OTMlarida matematikani o’qitish usullarini yaxshilash borasida Hamkor-Davlatlarga ko’maklashish maqsadida Yevropalik hamkorlarning zamonaviy o’qitish usullaridagi malaka va tajribalari qo’llaniladi va shu bilan birgalikda, talablarni o’z mamlakatlaridagi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishiga yanada yaxshiroq tayyorlanishlariga va ko’nikishlariga yordam beradi. Loyiha jamoasi ishonch bilan ta’kidlashdiki, loyiha jarayonida o’zlashtirilgan bilim va tajribalar loyihada ishtirok etayotgan Hamkor-Davlatlardagi matematikani o’rgatilishining strategiya va vositalarini yaxshilash va muqobillashtirishga yordam beradi.