Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

DECIDE loyihasining dastlabki uchrashuvi

DECIDE loyihasining dastlabki uchrashuvi

Joriy yilning 10-13 fevral kunlari 3 kun davomida CBHE doirasida yana bir bor tanlab olingan “DECIDE: Imkoniyati cheklangan insonlarga xizmat ko’rsatishni rivojlantirish/Developing services for Individuals with Disabilities” loyihasining ilk uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston (TATU, SamISI, QQDU), Qozog’iston, Tojikiston, Ruminiya, Angliya, Germaniya va Gretsiya davlatlari universitetlari ishtirok etdi. 

DECIDE loyihasi ijtimoiy jihatdan Markaziy Osiyo davlatlarining barchasini qamrab oluvchi  o’quv dasturlarini ishlab chiqish orqali OTMlarning modernizatiyasi, ommaviyligi va xalqarolashtirilishini qo’llab-quvvatlaydi hamda kelgusida kirish imkoniyatida tenglikni osonlashtiradi. Ushbu innovatsion ta’lim dasturi Markaziy Osiyo davlatlarida imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan ta’lim amaliyotining yaxshilanishi va modernizatsiyalanishi uchun xizmat qiladi.

Loyiha koordinatori Anjela Repanovich 2019-yilning 28-29 yanvar kunlari Bryusselda bo’lib o’tgan Erasmus+ CBHE grant oluvchilari uchrashuvida o’zining ishtiroki haqida ma’lumot berib o’tdi. Anjela Repanovich loyiha boshqaruvi, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tavsiyalar, shuningdek, EACEA vakillari tomonidan taqdim qilingan so’nggi yangiliklar to’g’risida muhim ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Uchrashuv davomida moliyaviy masalalar, har bir OTMning loyihadagi roli, ish paketlari, rejalashtirilgan tadbirlar dasturi va kutilayotgan natijalarga erishish muhimligi muhokama qilindi. Loyiha haqida batafsil ma’lumot TATU  web-saytida joylashtirilgan.