Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

CBHE yangi loyihalari grant oluvchilari uchrashuvi

CBHE yangi loyihalari grant oluvchilari uchrashuvi

2019 yil 28-29 yanvar kunlari “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” Yo'nalishining 4-chi tanlov doirasida moliyalashtirilish uchun tanlab olingan loyihalarning grant oluvchilari va loyiha ishtirokchilarining ikki kunlik uchrashuvi Bryussel shahrida bo’lib o’tdi. Koordinatsion uchrashuv davomida ishtirokchilar loyihalarni saralab olish natijalari, loyihalarni samarali boshqarish, moliyaviy boshqaruv va loyiha hisobotlarni tayyorlash to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi. 

Shuningdek, ishtirokchilar qanday qilib loyihalar o’rtasida tarmoqni vujudga keltirish mumkinligi to’g’risidagi masalalarni muhokama qilishdi hamda loyihalarni boshqarishda tajribaga ega bo’lgan ishtirokchilar ishchi guruhlarda o’zlarining ilg’or tajribalari va tavsiyalari bilan o’rtoqlashdilar.
Markaziy Osiyo hududidan 14 ta yangi  loyiha moliyalashtirilish uchun tanlab olindi, shularning 7 tasi O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida amalga oshiriladi.
7 ta loyihada respublikamizning 12 nafar OTMlari ishtirok etadi, ularning 6 tasi Toshkent shahrida va qolgan 6 tasi respublika viloyatlari hamda Qoraqalpog’istonda joylashgan, bundan tashqari,  Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari ishtirokida 5 ta mintaqaviyloyihalarning, shuningdek, Xitoy, Isroil va Kosovo universitetlari ishtirokidagi 2ta mintaqalararo loyihalarning ham amalga oshirilishi boshlanmoqda. Yangi loyihalarda 18 ta Yevropa Davlatlarning 29ta universitetlari hamda 7 ta Hamkor-Davlatlarning 43ta  universitetlari ishtirok etadi.