Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Onlayn klaster uchrashuvi

Onlayn klaster uchrashuvi

2021 yil 26 fevral kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish – CBHE” loyihalari koordinator va ishtirokchilari uchun Erasmus+ loyihalari doirasida sotib olinayotgan jihoz va uskunalarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi bo’yicha onlayn klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

 
Uchrashuv davomida loyihalar ishtirokchilari tomonidan jihoz va uskunalarni yangi tartib bo’yicha sotib olish, bojxonada rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi. 
SPHERA loyiha koordinatori Farkhod Akhrorov va MECHAUz loyihasi koordinatori Utkir Khamdamov tomonidan tenderni e’lon qilish, hujjatlar tartibi va  turlari, bojxona to’lovlari, jihozlarni boshqa hamkor OTMlarga yetkazib berish va o’rnatish kabi masalalar alohida tushuntirildi. 
 
Vazirlik vakillari va ishirokchilar uchun tajriba va ma’lumot almashish imkoniyati bo’ldi hamda tajribali koordinatorlar tomonidan amaliy tavsiya va maslahatlar berildi.