Версия для слабовидящих: Вкл Выкл Изображения: Вкл Выкл Размер шрифта: A A A Цветовая схема: A A A A

Monitoring: jarayon, talablar, sanalar

Muhokama qilinadigan savollar namunasi bilan monitoring uchun tashrifni tashkillashtirish uchun qo'llanma

 
Tashrif quyidagi elementlardan tashkil topishi kerak:

 

Loyihani amalga oshirish monitoringi:

Uchrashuvning bu qismi loyiha maqsadalari, shuningdek, uni amalga oshirish davomida yutuqqa erishish maqsadida loyiha a'zolari amal qiladigan strategiyaning amaliyotga joriy etilishi va boshqaruvini baholaydi.

Tempus/CBHE hamkor-davlatlardagi OTM tizimlarining YeI va oliy ta'lim sohasidagi jarayonlariga o'z xohishiga binoan integratsiyasini rag'batlantirishga yo'naltirilgan. Shu sababli ham asosiy e'tibor loyihaning evropacha o'lchovi va uning Boloniya yo'nilishiga (European Credit Transfer System, ECTS, diplom ilova, ta'lim natijalari, 3 tsiklli tizim, Dublin deskriptorlari) qanchalik mos kelishiga qaratilishi kerak:

Tadbir o'z tarkibiga loyiha guruhining asosiy ishtirokchilari,shuningdek, zarur bo'lgan paytda manfaatdor tomonlar yoki maqsadli guruhlarni (xususan, talabalar ishtirok etayotgan/xodimlar mobilligi va malakasini oshirishga oid loyihalar) jalb etadi.

 

Tahlil etiladigan savollar quyidagilarga yo'naltirilgan bo'ladi:

- Qaror qabul qiladigan idoralari bilan hamkorlikda loyiha jamoasini tashkillash (tarkib, yig'ilishlar davriyligi, hamkorlik to'g'risida kelishuvning qamrovi), vazifalarni taqsimlash va nazorat (turli shpaketlari uchun javobgarlik), jamoaning turg'unligi (talabnomada keltirilgan va amalda faoliyat olib borayotgan shaxslarni taqqoslagandagi o'zgarish), aloqa usullari va sh.k. Turli ish paketlarini amalga oshirayotganda nafaqat unga javobgar bo'lgan guruh, balki loyihaning butun jamoasini jalb etishga alohida e'tibor qaratish lozim.

- Vaqt nuqtai nazaridan boshlang'ich holat bilan solishtirganda erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan tadbirlar taqdimoti (asosiy ish kalendariga amal qilinganmi, agar yo'q bo'lsa, nimaga va qanday amal qilinmagan, kechikish sabablari tahlil qilinadi), shu paytgacha ishlab chiqarilgan mahsulotning tavsifi va sifati, turli manfaatdor tomonlar va maqsadli guruhlarning jalb etilishi// ma'lumotdan xabardorlik darajasini oshirish va h. Boshlang'ich yig'ilishda yoki alohida seminar mobaynida kelishilgan metodologiya, loyihalarni amalga oshirish metodologiyasiga alohida e'tibor qaratish zarur. Xususan, bu o'quv dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan qo'shma loyihalarga (JP) ham aloqador.

 - Loyihaning hamkor-davlatdagi muassasaga (hamda ularning hududiy/mintaqaviy/milliy muhitga ) ta'siri alohida e'tibor ostida bo'ladi. Loyihani tarqatish va barqarorligini ta'minlash, shuningdek, mazkur yo'nalishda bugungacha amalga oshirilgan faoliyat (shu jumladan, loyihaning veb-sayti taqdimoti) strategiyasiga aloqador aspektlar o'z echimini topishi kerak